Biz korrupsiyaga qarshimiz

Biz korrupsiyaga qarshimiz

Joriy yilning 5-dekabr sanasida Qorako’l tuman 1-son kasb-hunar maktabida o’quv bo’lim boshlig’i: K.Yoshiyeva tomonidan “Biz barchamiz korrupsiyaga qarshimiz” tamoyili asosida “Korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga murosasiz bo’lish biz -yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart” mavzusida insho va rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda jamiyatimizning shiddat bilan rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, odamlar o‘zida insoniylik hislatini yo‘qotishiga majbur qilayotgan holat bu karrupsiyadir. Ushbu illatni oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27- maydagi ПФ-5729 sonli Farmoishi va 2017-yil 3-yanvar O‘RQ-419-sonli qonun qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 24-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullanganligi to’g’risida o’quvchilarga aytib o’tdi.

1_1733475581.jpg

Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish va korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilganligi to’g’risida ham o’quvchilarga tushuncha berildi. Shundan so’ng kasb-hunar maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi O.Qilichova tomonidan o’quvchi yoshlar o’rtasida “Korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga murosasiz bo’lish biz -yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart” mavzusida insho va rasmlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda maktabning 22 nafar o’quvchilari faol qatnashdi.

2_1733475612.jpg

Tadbir yakunida o’quvchilarning imloviy xato vakamchiliklariga qarab, ona tila va adabiyot fani o’qituvchilari tomonidan baholandi. Eng yaxshi deb topilgan 3 nafar o’quvchi tanlov g’olibi deb aniqlanib, maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida o'tkaziulgan tadbirlar videosi.

https://mover.uz/watch/HKsO9CJv