Joriy yilning 25-sentyabr kuni maxsus fan o'qituvchisi Jovliyeva Husniya 2/24 “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash” guruhida “Avtomobillar tuzilishi” fanidan ”Silindrlari bir qator joylashgan 4taktli dizel dvigatellarning ishlashi” mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tdi.
Dars davomida tashkil etilgan video priyektordan unumli foydalanildi. Dars davomida nofaol o’quvchilarni ham faolroq bo’lishlariga undab dars yaxshi tushuntirildi va har bir o’quvchi bilan alohida ishlandi. Tarbiya turlaridan unumli foydalanildi. Darsda o’qituvchi va o’quvchilar birgalikda amaliy ishlarni ham bajarishdi.
Darsning yutug’i shundaki dars zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llangan holda mavzu bayon etildi. Darsni matematika, kimyo, fizika fanlari bilan bog’lagan holatda tashkil qilindi.