Joriy yilning 10-dekabr hunida, Qorako’l tuman 1-son kasb-hunar maktabida "O'zbekiston Respublikasi madhiyasi" qabul qilingan kun munosabatibilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda huquq fani o'qituvchisi F.Jabborov so'zga chiqib o'quvchi yoshlaga qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilar qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo'yilganligini ta’kidlab o'tdilar. O'zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlkatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyanizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan. Davlat madhiyasining muallifi O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo'lib, musiqasini O'zbekiston xalq artisti, taniqli bastakor Mutal Burxonov bastalagan.
Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajak sari mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharafga boy o'tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg' ular tarannum etilgan.
O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizning milliy o'zligimizng chuqur hurmatni shakllantirishdi, farzandlarimizning har tomanlama barkamol va yetuk insonlar bo'lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita ba'lib xizmat qilmog'i lazim deb tushuntirdilar.