Qorako’l tuman 1-son politexnikumi haqida ma’lumot
Qorako’l tuman 1-son kasb-hunar maktabi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16-oktyabrdagi ПФ-158-sonli «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoniga muvofiq politexnikumga aylantirildi.
Politexnikumning quvvati - 555 o’rinli.
O’quv ustaxona quvvati-60 o’rinli
O’quv ustaxonalari soni 11 ta.
Bufet quvvati – 20 o’rin.
Axborot-resurs markazi fondi 4510 dan ortiq adabiyotlar va 6 ta zamonaviy kompyuterli elektron kutubxonadan iborat.
Politexnikumda mavjud imkoniyatlar
Talabalarga internet tarmog’iga ulangan eng zamonaviy kompyuterlar, Germaniya granti asosida olingan 3 ta kompyuter xonalari, zamonaviy oshpazlik o’quv amaliyoti xonasi, kompyuterlarni ta’mirlash ustaxonasi, elektr gaz payvandlash ustaxonasi, 2 ta zamonaviy tikuvchilik ustaxonasi, elektr jihozlarini ta’mirlash ustaxonasi, avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi va o’quv amaliyotlari uchun Matiz, Tiko, Nexia rusumli yengil avtomashina va Uzotayo’l rusumli yuk avtomashinasi mavjud, suv va gaz jihozlarini ta’mirlash ustaxonalari mavjud hamda zamonaviy axborot-resurs markazidan foydalanishlari mumkin.