Joriy yilning 23 dekabr sanasida Qorako’l tuman 1-son kasb-hunar maktabida Yangi yil munosabati bilan o’quvchi yoshlar o’rtasida“Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.
Tanlovni maktab direktori T.Abdurayimov ocib berdi. U o’z so’zida: Vatanimiz kelajagi o’sib kelayotgan yosh avlod qo’lida ekanligini alohida ta’kidlab, barchani yangi yil bilan tabriklab qatnashchilarga omad tiladi.
Zakovat intellektual o’yinida to’rtta jamoa ishtirok etdi. O’yin qizg’in bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Tanlovda maktabimiz o’quvchilari faol qatnashdi. O’quvchilar belgilangan vaqt oralig’ida savollarga javob yozib, o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida g’olib jamoalarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.