Kasb va yoshlar ochiq muloqoti

Kasb va yoshlar ochiq muloqoti

Qorako’l tuman 1-son politexnikumiga 17-aprel kuni“Kasb va yoshlar” ochiq muloqoti tadbiri oʻtkazilishi munosabati bilan Qorako’l tumanidagi 4,8,9,16-son umumta’lim maktablari 9-11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurib, politexnikumda yaratilgan shart-sharoitlar hamda politexnikumga qabul qilish tartibi bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Xususan, Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, tikuvchilik, traktorchi-mashinist kabi yo’nalishlar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

photo_2025-04-16_11-15-44_1745036615.jpg

photo_2025-04-16_11-15-46_1745036626.jpg

Darhaqiqat, politexnikumda o’quvchilarning zarur bilim olishlari uchun o’quv va moddiy-texnik baza yaratilgan. Ayni chog’da innovatsion xona, axborot resurs markazi, konferentsiya zali, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi bilan jihozlangan faollar zallari samarali faoliyat ko’rsatmoqda.“Kasb va yoshlar”ochiq muloqoti politexnikum hamda umumta’lim maktablari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqot jarayonida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

photo_2025-04-16_06-39-33_1745036678.jpg