Joriy yilning 2- may kuni Qorako’l tuman 1-son politexnikumida umumta’lim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilari uchun turli kasb va hunarlarga qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablari bilan tanishtirish, shuningdek, kelgusidagi kasb tanlashlari uchun kasblar festivali o‘tkazildi.
Festivalga Qorako’l tuman hokimligi vakillari va maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi xodimlari hamda hududdagi mahalla fuqarolar yig’inlarining yoshlar yetakchilari bilan ishsiz yoshlar ham ishtirok etishdi.
Tumandagi 20 ta umumta’lim maktablaridan 850 nafar ortiq 9-11-sinf bitiruvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir video lavhasini quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://mover.uz/watch/esvEvHMm