Qorako‘l tuman 1-son politexnikumida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2024-yil 26- iyundagi 15-son bayonnomasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar tashkil etildi.Tadbirda Qorako‘l tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari,mahalla profilaktika inspektorlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Ularbugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkinligini ta‘kidlab, korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri ekanligi haqida gapirib o‘tishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi vidioroliklar namoyish qilindi.
Tadbir bo'yicha tayyorlangan videorolik: