2022-yil 18-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan “Millat bayrog’i!” mavzusida o’tkazilgan bayram tadbirida maktabning o’quvchilari va pedagog xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni Qorako`l tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori T.Abdurayimov ochib berdi. U barcha o’quvchi va pedagog xadimlarni ushbu ulug’ sana bilan qutladi. Bugun ona yurtimizda katta tantana. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’imiz tasdiqlangan kun.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Shundan so’ng “Mustaqillik timsoli-O’zbekiston bayrog’i” mavzusida ochiq dars va “Millat bayrog’i” shiori ostida insholar tanlovlari tashkil qilindi.Insholar tanlovida g’olib bo’lgan o’quvchilar munosib taqdirlandilar.
Milliy faxrimiz va g`ururimiz bo`lgan Davlat bayrog`i qabul qilinganligining 33yilligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirlar ko`tarinki ruhda tashkil etildi.