Moziyga sayohat

Moziyga sayohat

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 11-dekabrdagi 01-3335-sonli xati hamda Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil3-dekabrdagi № 16-108 topshirig‘iga ko‘ra, 2025-yilda “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2024-yil 30-noyabrdagi 49-sonli bayonining tegishli bandlarining ijrosini ta‘minlash maqsadida 2025-yil 25-yanvar kuni Qorako’l tuman 1-son politexnikumi jamoasi “Buxoro” davlat muzey qo’riqxonasi filiali hisoblangan Qadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyiga sayohatlari tashkil etildi.

mm_1737788877.jpg

Sayohat davomida o’qituvchilar va oʼquvchi-yoshlar Qadimiy Poykent shaharchasi tarixiy muzeyi 1991-yilda tashkil topganligi,muzeyda ilk va oʻrta asrlarda Qadimiy Poykent shahri, oʻzbek shaharsozligi, savdo-sotiq, sanʼat va hunarmandchilik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixi, arxeologik topilmalar va ashyoviy dalillar vositasida ochib berilganligi haqida maʼlumotlarga ega bo’ldilar.

Bundan tashqari o’quvchi-yoshlar muzeyning birinchi zalida rivojlangan oʻrta asrlarda Poykentda yozuv, pul muomilasi, Poykentdan chiqqan hadis va fiqh ilmi allomalari,sirlangan sopol idishlar, qolipda ishlab chiqarilgan sopol buyumlar va zargarlik buyumlaribilan tanishdilar.

mmm_1737788916.jpg

Qadimiy Poykent shahridan topilib, restavratsiya qilingan amaliy sanʼatning nodir namunalari X—XI asrlar devoriy ganch oʻymakorligi mahsuli, mehrob boʻlaklari zalning markaziy qismiga oʻrnatilganligiga, qoʻshimcha tarzda, Qadimiy Poykent shahri, Poykentarki va Poykentda ochib oʻrganilgan xonadon planlari hamda Qadimiy Poykent shahri tarixi maʼlumotlari ham oʻrin olganligiga guvoh boʼldilar.

Oʼquvchi-yoshlar sayohat davomida Qadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyining o’tmishi, uning qanday paydo bo’lganligi, noyob buyumlar saqlanib qolganligi va boy tarixga ega ekanligi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.